“Suv resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2023 yil 1 apreldan qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning quyidagi tartibi belgilanadi:

tijorat banklari kreditlarining garov ta’minoti 50 foizgaça, biroq 2,5 milliard sömdan ortiq bölmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi kafilligi asosida ta’minlanadi;

tijorat banklarining milliy valutada ajratiladigan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oşmagan kreditlari böyiça foiz stavkasining asosiy stavkadan oşgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan köp bölmagan qismini qoplaş uçun Jamğarma hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi.

2024 yil 1 martgaça Qaşqadaryo viloyati Kasbi tumanida barça suv kiriş nuqtalari boşqaruvini raqamlaştiriş va suvni foydalanuvçilarga yetkazib beriş böyiça tajriba-sinov loyihasi amalga oşiriladi.

Suv yetkazib beruvçi taşkilotlar va suv iste’molçilari örtasida rasmiylaştirilgan dalolatnomalarni har oy yakuni bilan elektron şaklda töldiriş hamda elektron raqamli imzolar orqali tasdiqlaş imkonini beruvçi Suv hisobi axborot tizimi yaratiladi.

2025 yil 1 yanvardan quyidagi tartib joriy etiladi:

  • respublikaning barça hududlarida Suv hisobi AT joriy qilinadi;
  • qişloq xöjaligi yerlarini suğorişda işlatilgan suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliqlarni hisoblaşda Suv hisobi AT orqali taqdim etilgan ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini avtomatik şakllantirib beriş amaliyoti joriy etiladi.

2023 yil avgustgaça 2022 yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan hamda subsidiya mablağlarining 50 foizini olgan qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilariga tizimlarning işlatilişiga qarab belgilangan subsidiya miqdorining qolgan 50 foizi tuman işçi guruhi xulosasi asosida ajratiladi.

2023 yil 1 maygaça suv resurslaridan samarasiz foydalaniş va suv xöjaligi obektlarining gidrotexnik inşootlaridan noqonuniy foydalaniş yuzasidan javobgarlikni kuçaytiriş böyiça taklif işlab çiqiladi.