Rossiya Tergov qömitasi 3 aprel, duşanba kuni Sankt-Peterburgdagi kafeda sodir bölgan portlaşga aloqadorlikda gumon qilinib, Darya Trepova qölga olinganini ma’lum qildi. «Fontanka» naşrining yozişiça, ayol Sankt-Peterburgning Viborg tumanida ijaraga olingan xonadonda uşlangan. Qölga oliş Içki işlar vazirligi Trepovani federal qidiruvga berganidan bir neça soat ötgaç sodir böldi.

2 aprel kuni keçqurun Sankt-Peterburgda Vasileostrovskiy tumanidagi Street Food Bar № 1 kafesida portlaş yuz berdi. Şu payt muassasada uruş tarafdori bölgan rossiyalik bloger-«harbiy muxbir» Vladlen Tatarskiy tomonidan «ijodiy keça» ötkazilayotgan bölgan. Portlaş natijasida Tatarskiy halok böldi, yana 32 kişi jarohat oldi. Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, ulardan 31 nafari kasalxonaga yotqizilgan, ön nafarining ahvoli oğir.

Portlaş fakti böyiça Tergov qömitasi tomonidan qotillik (Jinoyat kodeksi 105-moddasi 2-qismi) böyiça jinoiy iş qözğatilgan. Tergov qasddan «ijtimoiy xavfli yöl bilan qotillik sodir etilişi»ni asosiy versiya deb hisoblayapti, deya xabar berdi «Interfaks» axborot agentligi. Jinoyatda gumon qilinuvçi şaxs peterburglik Darya Trepova ekani aniqlandi. Tergovning fikriça, u kafega portlovçi moslama örnatilgan, Tatarskiy byusti solingan quti olib kelgan. 

Duşanba kuni ertalab ayol rasman yaşagan kvartira tintuv qilindi, gumonlanuvçi u yerda bölmagan, Trepovaning onasi va ögay otasi bölimga olib ketildi. Baza Telegram-kanali politsiya Trepovaning turmuş örtoği, röyxatdan ötmagan Rossiya Libertarianlar partiyasi a’zosi Dmitriy Rilovni ham qidirayotgani haqida xabar berdi. U kafedagi portlaşda iştirok etganlikda gumon qilinmoqda. Şu bilan birga, uning özi Tatarskiy bilan uçraşuvda bölmagan, Libertarianlar partiyasi esa Rilov quvğinda ekanligini da’vo qilmoqda. 

Sankt-Peterburgdagi «Fontanka» naşrining yozişiça, portlaş sodir bölgan kafe «Vagner» XHK egasi Yevgeniy Prigojinga tegişli. Muassasa faqat şanba va yakşanba kunlari işlagan, u yerda «Kiber Z front» munozara klubining yiğilişlari bölib ötgan va uruş tarafdorlari Donbass, Ukraina hamda dunyoda sodir bölayotgan voqealarni muhokama qiliş uçun yiğilgan.