Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saratovdagi trassada o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil ag‘darilib ketdi
Rossiyaning Saratov viloyatida O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchradi. Besh kishi jabrlangan, ulardan uch nafari kasalxonaga yotqizilgan.
Bu haqda o‘zining Telegram-kanalida viloyat sog‘liqni saqlash vaziri Oleg Kostin ma’lum qildi.
Hodisa 2 aprel kuni ertalab R-208 avtomobil yo‘lining 145-kilometrida sodir bo‘lgan. 23 yoshli yigit Toyota Vellfire rusumli avtomashina boshqaruvini yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilib ketgan.
Yo‘lovchilar shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.
Jabrlanganlar orasida 40 yoshli ayol bor, unda bosh miya jarohati, ko‘krak qafasi va o‘ng tizza bo‘g‘imlarining yopiq jarohati qayd etilgan. Shuningdek, 26 yoshli erkak bosh miya jarohati, ko‘krak qafasining yopiq jarohati, umurtqa pog‘onasi sinishi, 38 yoshli erkak bosh miya jarohati, ko‘krak qafasining yopiq jarohati, bel umurtqasining sinishi tashxisi bilan olib kelingan.
Jabrlangan besh kishidan uch nafari Rtishchevskaya tuman kasalxonasida qolmoqda, ikki nafari – 20 va 39 yoshli erkak qoniqarli holatda ambulator davolanishga chiqarilgan.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026