Hukumat huzurida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tashkil etildi
Prezident «Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi:
- Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutini;
- Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
- Institut va Oliy maktab faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
- Institut tarkibida hududlarda yer resurslaridan unumli foydalanish va ularni optimal taqsimlash orqali bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish yuzasidan muammolarni o‘rganish va amaliy takliflar tayyorlashga yo‘naltirilgan yuridik shaxs bo‘lmagan “Yer islohotlari markazi”;
- Oliy maktab tuzilmasida yuridik shaxs bo‘lmagan “Yashil iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish” loyiha ofisi va Biznes inkubator va startap loyihalar bilan ishlash markazi tashkil etildi.
Hududlar va sohalar kesimidagi muammolarni joylarga chiqib o‘rganish, aholi va tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnomalar olib borish, muntazam ravishda O‘zbekiston iqtisodchilar forumini tashkil etish, xorijiy ekspertlarni jalb qilish hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida Institut qoshida yuridik shaxs bo‘lmagan Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi va uning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
- Davlat budjetidan har yili Institutning bir yillik mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 40 foizi miqdorida ajratiladigan mablag‘lar;
- qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Quyidagilar Institut va Oliy maktab faoliyatining moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
- 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida Institut va Oliy maktab faoliyat ko‘rsatishi uchun nazarda tutilgan mablag‘lar, 2024 yildan boshlab belgilangan tartibda Davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutiladigan mablag‘lar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
Jahon | 12:14
-
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
O‘zbekiston | 12:02
-
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 11:58
-
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
Jahon | 11:54
Mavzuga oid

11:29 / 28.04.2025
Toshkentda fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritish evaziga 13 ming dollar olgan shaxs ushlandi

12:20 / 01.04.2025
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

14:10 / 27.02.2025
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining vazifalari belgilandi

19:04 / 17.10.2024