Hujjatda 2030 yilga qadar gidroenergetika umumiy quvvatini 4 999 MVtga yetkaziş, şu jumladan qöşimça 2 311 MVt hamda xususiy investorlar iştirokida 615 MVt quvvatlarni yaratiş nazarda tutilgan.

2023 yildan boşlab quyidagi qöşimça istiqbolli loyihalar amalga oşiriladi:

  • Toşkent viloyati Böstonliq tumanida umumiy quvvati 876 MVt bölgan Yuqoripskem, Qoronğitöğay, Toldiqsoy GESni, Oygain GES kaskadini hamda Yuqoripskem gidrotöplaş elektr stansiyasini quriş;
  • Namangan viloyati Norin daryosida umumiy quvvati 225 MVt bölgan Norin GES kaskadini quriş;
  • Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida umumiy quvvati 264 MVt bölgan Yuqoritöpolang GES kaskadini quriş.

2023-2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. U quyidagilarni öz içiga oladi:

  • 2023-2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantiriş va gidrosalohiyatdan foydalaniş darajasini oşirişning yangilangan maqsadli körsatkiçlari;
  • Özbekistonning 2023-2025 yillarga möljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan va 2023-2027 yillarda amalga oşiriladigan umumiy quvvati 748,5 MVt bölgan 9 ta investitsiya loyihalarining röyxati;
  • 2024-2030 yillarda mavjud gidrosalohiyatdan foydalaniş darajasini oşiriş, gidroelektrstansiyalarning yangi quvvatlarini yaratiş va mavjudlarini modernizatsiya qilişga qaratilgan 47 ta investitsiya loyihalari röyxati;
  • kiçik GESni quriş va ulardan foydalanişda zarur bölgan hamda 2023-2025 yillarda kooperatsiya asosida mahalliylaştiriş uçun taklif etilayotgan asbob-uskunalar, butlovçi va ehtiyot qismlar röyxati.

Örnatilayotgan tartibga muvofiq «Özbekgidroenergo»da quyidagilarni nazarda tutuvçi korporativ boşqaruvning zamonaviy tamoyillari joriy etiladi:

  • ekologik, ijtimoiy va korporativ boşqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etiş va 2025 yilga qadar ESG reytingini oliş;
  • jamiyat tizimida korporativ va strategik maslahatçi xizmatini taşkil etiş, kuzatuv kengaşi tarkibidagi mustaqil a’zolar sonini 4 nafarga yetkaziş;
  • 2023 yil 1 sentabrdan boşlab ekologik standartlarga muvofiq axborotlarni oşkor etiş amaliyotini yölga qöyiş;
  • 2023 yil 1 iyuldan boşlab sohadagi yetakçi çet el kompaniyalari bilan «bençmarking» usulida taqqoslaş orqali jamiyat operatsion samaradorligini oşirib boriş.