«Xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Unga köra, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi iştirokçi-davlatlari saylov organlari rahbarlarining Maslahatlaşuv kengaşini taşkil etiş töğrisidagi Bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022 yil 14 oktabr kuni Ostona şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi iştirokçi-davlatlarining Davlat rahbarlari kengaşi yiğilişida imzolangan edi.

Markaziy saylov komissiyasi mazkur xalqaro şartnomani amalga oşiriş yuzasidan mas’ul vakolatli organ hisoblanadi.