Andijon viloyatida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya özimizniki” tarğibot tadbiri ötkazildi.
Unda taniqli san’atkorlar va 10 mingga yaqin iştirokçi qatnaşdi. Xususan, Özbekiston xalq artisti Erkin Komilov yiğilganlar oldida çiqiş qildi.
“Biz maktabda öqigan vaqtlarimizda darsga borişimiz bilan çopiq, “yagona”, “çekanka”, paxta terimiga çiqardik. Biz şunga könikkandik. Qişloq yoşlarga şafqat qilmas edi. Yoşlar, hozir şunday dorilamon kunlarda yaşayapsizlarki, faqat şukrona qiliş kerak”, — dedi Komilov.
Taniqli aktyor tadbir iştirokçilarini konstitutsiya islohotlariga befarq bölmaslikka, jamoatçilikni 30 apreldagi referendumda faol iştirok etişga çaqirdi.
Tarğibot tadbirlari butun respublika hududlari böylab davom etmoqda.

















