Twitter ijtimoiy tarmoği butun dunyoga taniş bölib qolgan kök quşça körinişidagi logotipni Dogecoin kriptovalutasi ramzi bölmiş it suratiga özgartirdi.

Logotipdagi bu özgariş doimiymi yoki vaqtinçami, hozirça ma’lum emas, ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Maskning özi bu mavzuga izoh bermayapti.

Özgarişdan söng Binance birjasida Dogecoin kriptovalutasi narxi 30 foizga oşdi.

Ilon Mask Dogecoin kriptovalutasini ommalaştirişdan çarçamayapti. Ikki yil oldin, u Oyga kriptovalutani yuborişga va’da berdi va 2022 yil may oyida u SpaceX kompaniyasi Dogecoin bilan tölangan sun’iy yöldoşni Oyga uçirişni rejalaştirayotganini e’lon qildi. Bundan taşqari, Ilon Mask egalik qiladigan Tesla kompaniyasi özining ayrim mahsulotlari uçun tölov sifatida Dogecoin kriptovalutasini qabul qilişga tayyorligi haqida bayonot bergan edi.