Londonda bu yil Ramazon o‘zgacha shukuh bilan tashkil qilingan. Shaharning ramzlari bo‘lgan Britaniya kutubxonasi, Trafalgar maydoni va Uembli stadionida har kech iftorlik dasturxoni yozilmoqda. Iftorlikni “Ramazon chodiri” loyihasi volontyorlari tashkil qilyapti.

Musulmon olami uchun Ramazon oyi kirib kelishi bu yil Buyuk Britaniyada ham bayramona kayfiyatda qarshi olindi.

Trafalgar maydoni
Foto: ramadantentproject.com

Buni “Ramazon muborak” yozuvli chiroqlar bilan bezatilgan London ko‘chalaridan ham bilish mumkin.

Foto: BBC
Foto: BBC
Foto: BBC

“Ramazon chodiri” loyihasi doirasida londonlik musulmonlarga iftorlik dasturxonlari yozilyapti. Ro‘zadorlar uchun Britaniya kutubxonasi, Trafalgar maydoni va Uembli stadionida yeguliklar tarqatilyapti.

Loyiha 7 yil oldin bir guruh ko‘ngilli talabalar tomonidan tashkil qilingan. Maqsad uyidan uzoq talabalarga iftorlik qilib berish bo‘lgan. Endilikda bu Britaniyadagi eng katta Ramazon xayriyalaridan biriga aylanib ulgurdi.

Trafalgar maydoni
Foto: Facebook/UK House of Lords
Britaniya kutubxonasi
Foto: aboutislam.net