5 aprel kuni Toşkent şahrida Konstitutsiyaga kiritilayotgan özgartişlarga bağişlangan «Zakovat Quiz» öyinlari bölib ötdi. Unda «Zakovat» teleöyini boşlovçisi Abdurasul Abdullayev ham sözga çiqib, öyinni rivojlantiriş uçun boşidan ötkazgan qiyinçiliklar haqida gapirdi.
«22 yil oldin bitta xonamiz bölar edi. 15-16 guruh zörğa siğardi. Şu xonaga 45ta jamoa yiğilardi. 15ta jamoa tikka turib öynardi. Şaroit nol edi. «Zakovat»da ekranga çiqib yuradigan maşhur bilimdonlarga ham joy yöq edi. Çunki kim vaqtli kelsa, ötirib olardi. 3 soat oldin kelib joy olib qöyişardi.
Öşa paytda Oliy ta’lim vazirligi eşigini buzganman. Pul, sovğa yoki homiylik emas, haftasiga bor-yöği 3 soat şuğullaniş uçun kattaroq zal qilib berişlarini söraganman. Ular meni zal qilib berişga işontirib, qaytarib yuborişardi. 1 oy, 3 oy, yarim yil kutardim. Keyin Farmonbibining keliniga öxşab «çuçvarani xom sanaganim»ni bilganman. Kutib-kutib, bugun şu kunlarga yetib keldik.
Mana prezidentimiz va’da qilganidek, şu binoga ega böldik. Bu iş hali deboça. Bizga «Yangi Özbekiston» boğidan ham 3 gektar yer ajratib berilişi va «Zakovat şaharçasi» qurilişi ham aytilgan. Ana şu kunlarga ham oz fursatlar qoldi», – dedi Abdullayev.
Abdurasul Abdullayev konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasligini ta’kidlab, jamoatçilikni referendumda faol iştirok etişga çaqirdi.

















