Latviya Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkorligi fonida majburiy harbiy xizmatga çaqiruvni qayta tikladi. Latviya Seymi 5 aprel, çorşanba kuni uçinçi, yakuniy öqişda Davlat mudofaa xizmati (DXM) töğrisidagi qonunni qabul qildi, unga köra, harbiy xizmatga çaqiruv 1 iyuldan qayta tiklanadi.
Yil oxirigaça muddatli harbiy xizmatga çaqiruv ixtiyoriy, 2024 yil 1 yanvardan esa majburiy böladi. Latviyaning 18 yoşdan 27 yoşgaça bölgan barça erkak fuqarolari armiyaga çaqiriladi. Voyaga yetganidan keyin ta’lim olişni davom ettiradigan erkaklar, oliy ma’lumot bundan mustasno, uni tugatgandan söng çaqiriladi. Talabalar uçun imtiyozli davr mavjud.
Davlat mudofaa xizmati ikki turga bölinadi: töğridan töğri harbiy va fuqaro mudofaasi xizmati (Mudofaa vazirligi muassasalarida muqobil xizmat). Xizmat muddati - 11 oy. Latviyaning 18-27 yoşli fuqarolari, ham erkaklar, ham ayollar, ixtiyoriy ravişda armiyada xizmat qilişlari mumkin.
Latviya Mudofaa vazirligining xabar berişiça, dastlabki 300 nafar köngilli harbiy xizmatni yozda boşlaydi. Xuddi şu raqam 2024 yilning yanvarida çaqirilişi rejalaştirilgan. Rejaga köra, 2028 yildan boşlab 7500 nafargaça kişi harbiy xizmatga qabul qilinadi.

















