Denov şahri – respublikadagi eng yirik tumanlardan biri bölgan Denov tumanining ma’muriy markazi hisoblanadi. Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, Denov tumani aholi soni böyiça respublikada ikkinçi örinda turadi – bu yerda 409 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Denov şahrining özi qadimiy Çağoniyon manzilgohi örnida joylaşgan bölib, sayyohlarda katta qiziqiş uyğotadi.

Foto: Mobiuz

Endilikda Denov tumani aholisi va mehmonlariga Mobiuz’ning yangilangan ofisi xizmat körsatadi. Ötgan bir yil davomida bu yerda kompaniya brend platformasiga muvofiq töliq rekonstruksiya va ta’mirlaş işlari olib borildi.

Ikki qavatli ofis binosining içki qismida zamonaviy Hi-Tech uslubi qöllandi. Mobiuz brendbuki asosida oq, oç kulrang va qizil ranglar kombinatsiyasi işlatildi.

Foto: Mobiuz

Bölinmalarning joylaşuvi va xodimlarning iş joylari töliq özgartirildi, zamonaviy xizmat körsatiş standartlari joriy etildi. Natijada, ofisga taşrif buyuruvçilar – abonentlar, korporativ mijozlar, tijorat hamkorlari birinçi daqiqalardanoq mehr va e’tiborni his qilişlari mumkin.

Ofisning rasmiy oçiliş marosimida Mobiuz kompaniyasi Boş direktorining birinçi örinbosari Yoqubjon Saydaliyev sözga çiqdi. U kompaniya Özbekistonda AKT sohasida yaratilgan imkoniyatlardan muvaffaqiyatli foydalanayotganini va uzoq muddatli rivojlaniş strategiyasini amalga oşirayotganini ta’kidladi. Operatorning asosiy e’tibori aloqa sifatini yanada oşiriş, yangi mahsulot va xizmatlarni joriy etiş, aholi va abonentlarga qulaylik yaratişga qaratilgan.

Foto: Mobiuz

Denovdagi ofis töliq modernizatsiyadan keyin sönggi olti oy içida oçilgan uçinçi ofis böldi (bundan avval kompaniya Samarqand va Urgançda ofislarini yangilagandi). Bu yerda raqamlarni ulaş, almaştiriş va tiklaş, çiroyli raqamlarni çegirmalar böyiça, şuningdek, haqini ikki yilgaça qismlarga bölib tölaş şarti bilan röyxatdan ötkaziş mumkin. Korporativ va boşqa xizmatlar ham abonentlarga muntazir.