Geologiya sohasi mamlakatning mineral-xomaşyo bazasini rivojlantirişda, yer qa’rini örganiş va razvedka qilişda, foydali qazilma konlarini oçişda alohida ahamiyatga ega yönalişlardan biri sanaladi.

Ma’danşunoslarning dunyo taraqqiyotiga qöşgan hissasi juda yuqori. Boisi, geologlar davlatning energetik salohiyati, mineral-xomaşyo zaxiralarini ta’minlaşda muhim örin tutadi.

Uşbu sohaga alohida e’tibor qaratilib, Davlatimiz rahbari tomonidan kasb bayrami sifatida maxsus kunning belgilanişida ham ularga özgaça hurmat va e’tirof mujassamdir.

Zafarobod qörğonidagi “Yoşlik” madaniyat va sport markazida bölib ötgan tantanali tadbirda ham soha xodimlarining maşaqqatli va şarafli mehnatlari e’tirof etildi.

Tadbir avvalida korxona boş direktori Jahongir Xasanov tizimda mehnat faoliyatini olib borayotgan geologlar, geotexnologlar, markşeyderlar va geofiziklarga bayram tabrigini yölladi.

Şundan söng, korxonadagi köp yillik fidokorona mehnati, Özbekiston Respublikasining jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlar işlab çiqarilişiga qöşgan munosib hissasi hamda sana munosabati bilan bir guruh işçi-xodimlar Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligining Faxriy yorliği hamda “Navoiyuran” DK rahbariyatining Faxriy yorliği, “Taşakkurnoma”lari va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.

“Hozirgi kunda bizning geologiya qidiruv ekspeditsiyamiz “Ziyodin-Zirabuloq” maydoni böyiça uranga dastlabki qidiriş va razvedka işlarini asosan 5 ta loyiha asosida olib bormoqda, - deydi “Navoiyuran” DK “Uran va noyob metallar geologiyasi” ilmiy işlab çiqariş markazi “Zirabuloq” geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi geologiya xizmati boşliği Dostonbek Böriboyev.




















