Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini aholiga sodda, aniq va töğri tuşuntirişga bağişlangan davra suhbatlari, uçraşuvlar, event-tadbirlar mamlakatimiz böylab davom etmoqda. Partiya faollari iştirokidagi tadbirlarning navbatdagisi vodiy viloyatlarida qizğin tarzda ötkazilmoqda.

O‘zLiDeP Namangan viloyat hamda Çortoq tuman kengaşlari taşabbusi bilan tadbirkorlar, fermerlar, xotin-qizlar va yoşlar iştirokida event tadbiri taşkil etildi.

Oçiq osmon ostida ötgan tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Xaitov, Oliy Majlis Senati a’zosi Ikromxon Najmiddinov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari – Zafar Xudayberdiyev, Barno Mirzamova, Sardor Ğiyosov, viloyat kengaşi raisi Solixon Möminov, apparat rahbari Orifjon Mahmudov iştirok etdi.

– Asosiy elektoratimiz bölgan tadbirkorlar, fermerlar va mulkdorlarimizga şuni quvonç bilan aytişim mumkinki, yangilanayotgan Boş qomusimizda milliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantiriş, mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxşilaş hamda mulk himoyasini yanada kuçaytirişga qaratilgan normalar kiritilmoqda, – dedi partiya yetakçisi öz sözida. – Jumladan, nafaqat bank omonatlari, balki bank operatsiyalari va hisobvaraqlarning ham sir tutilişi kafolatlanmoqda. Soliq va yiğimlar adolatli bölişi va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oşirişiga tösqinlik qilmasligi örnatilmoqda.

Davlat qulay investitsiyaviy va işbilarmonlik muhitini ta’minlanişi mustahkamlanmoqda. Mazkur norma investorlarning işonçini mustahkamlaşga, tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişni ta’minlaşga xizmat qiladi.

E’tibor bering! Tadbirkorlar qonunçilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oşirişga haqli ekanliklari kafolatlanmoqda. Konstitutsiyamizga mazkur qoidaning kiritilişi erkin bozor iqtisodiyotining eng muhim talabini özida ifoda etib, “qonunda taqiqlanmagan har qanday faoliyatga ruxsat beriladi” degan tamoyilga asoslanadi.

Özbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablağlarning erkin harakatlanişi kafolatlanmoqda.