Polşa iyul oyida Litva poytaxti Vilnyusda bölib ötadigan NATO sammitida Ukraina uçun NATOdan qöşimça xavfsizlik kafolatlarini olişga harakat qiladi. «Biz NATOning Vilnyusda bölib ötadigan navbatdagi sammitida Ukraina uçun qöşimça xavfsizlik kafolatlarini olişga harakat qilmoqdamiz, bu Ukrainaning harbiy salohiyatini kuçaytiradi», dedi Polşa prezidenti Anjyey Duda 5 aprel, çorşanba kuni Varşavada Polşaga taşrif buyurgan prezident Volodimir Zelenskiy bilan qöşma matbuot anjumanida.
Duda, şuningdek, Polşa öz ixtiyorida bölgan barça MiG-29 qiruvçilarini Ukrainaga berişga tayyorligini bildirdi. «Agar NATO ittifoqçilari bunga rozi bölsa, kelajakda Varşava Kiyevga özining 30 ta MiG samolyotlaridan iborat butun flotini topşirişi mumkin», dedi u. Polşa özini Rossiya agressiyasidan himoya qilayotgan Ukrainaga harbiy yordamning eng muhim yetkazib beruvçilaridan biridir. Varşava allaqaçon sakkizta MiG-29 qiruvçisini Kiyevga topşirgan.
Zelenskiy 5 aprel kuni Polşaga ilk rasmiy taşrifi bilan keldi. Taşrif dasturidan Polşa boş vaziri Mateuş Moravetsiy bilan uçraşuv, ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş, iqtisodiy forumda iştirok etiş va ukrain diasporasi vakillari bilan uçraşuv ham örin olgan. Bu Zelenskiyning Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan beri uçinçi xorijiy taşrifidir. 2022 yil dekabr oyida Ukraina prezidenti Vaşingtonga, fevral oyi boşida esa London, Parij va Bryusselga taşrif buyurdi.
Zelenskiy Anjyey Duda bilan qöşma matbuot anjumanida Donetsk viloyatidagi Baxmutdagi vaziyatni juda oğir deb atadi, bu şahar Rossiya kuçlari tomonidan ommaviy hujumlar ostida qolmoqda. Zelenskiy Ukraina qöşinlari turli darajada muvaffaqiyat bilan kuraşayotganini aytdi, ammo «duşman Baxmutni nazorat qilmayotganini» ta’kidladi.


















