"Bugun Senat bolalar va ayollar huquqlarini himoya qilişga qaratilgan qonun loyihasini ma’qulladi. Kuraş hamma uçun juda qiyin keçdi.

Prezident imzolagaç, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarga kiritilayotgan uşbu özgartirişlar kuçga kirsa, biz nihoyat tajovuzkorlarni javobgarlikka tortiş orqali ayollarni oiladagi zöravonlikdan himoya qila olamiz", deydi Saida Mirziyoyeva. 

Qayd etilişiça, endilikda voyaga yetmagan şaxs bilan aloqa ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyat toifasidan unça oğir bölmagan jinoyat qatoriga ötdi. 

"Biz voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa qilgan va qamoqdan qutulib qolmoqçi bölganlar uçun böşliqlarni yopamiz. Endi bu qilmiş uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etiş bilan jazolanadi. Bu esa davlat har qanday zöravonlikka qarşi qat’iy kuraşayotgani haqida jinoyatçilarga yaqqol işora!

Qonun bilan boğliq jarayonlarga aloqador bölgan va bizni qöllab-quvvatlagan barçaga minnatdorçilik bildiraman. Bu özgarişlar uçun harakatlar juda uzoq vaqtdan beri davom etmoqda hamda bu qiyin va uzoq yölning hali boşlanişi. 

Biz ijtimoiy me’yorlarni, jamiyat sifatida özimizni özgartiramiz. Davlatning ijtimoiy xavfsizligini ta’minlaş uçun hammasiz eng zaif qatlamlarni himoya qilişimiz şart", deb yozgan Saida Mirziyoyeva.