Belarus bilan çegaradagi vaziyat töliq nazorat ostida qolmoqda va razvedka Ukraina hududiga bostirib kirişga tayyor bölgan zarba beruvçi kuçlarni qayd etmayapti, dedi Demçenko 5 aprel kuni keçki brifingda.
Rossiya Belarusda taktik yadro qurollarini Polşa bilan çegarada joylaştiradi - Rossiyaning Minskdagi elçisi Boris Grizlovning aytişiça, yadro quroli «Yevropa va Amerika Qöşma Ştatlarining bayonotlariga qaramay», Rossiya va Belarus Ittifoq davlatining «ğarbiy çegaralariga köçiriladi». Bu haqda Belarusning BelTA davlat agentligi xabar berdi.
Boris Grizlovning sözlariga köra, Belarus hududida taktik yadro qurollarini joylaştiriş uçun omborxonalar 1 iyulgaça tayyor bölişi kerak.
25 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasining öz taktik yadro qurolini Belarus hududida joylaştiriş niyati haqida ma’lum qildi. Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko belarus xalqi va parlamentiga murojaatida, agar kerak bölsa, respublikada strategik yadro qurollari joylaştirilişi mumkinligini inkor etmadi.
Putin Belarusda rus taktik yadro qurollarini joylaştiriş uçun maxsus ombor qurilişi 1 iyulda yakunlanişi kerakligini ma’lum qildi. Önta samolyot uşbu turdagi qurollardan foydalanişga tayyor, «Iskander» taşuvçi kompleksi topşirildi, dedi Putin. Unga köra, ekipaj maşğulotlari 3 apreldan boşlanadi.


















