Bugun atrofimizdagi oddiy narsalar kelajakda biz uçun şirin xotira, yoqimli qömsaş yoki açinişga sabab bölişi heç gap emas. Bunga Özbekiston trolleybuslarini misol qiliş mumkin. Xalq tilida “şoxli avtobus” nomi bilan atalgan bu transportlar keçagina hammamiz uçun şunçaki uzoqni yaqin qiliş vositalaridan biri edi. Öqiş, iş, yumuşga şoşilarkanmiz, trolleybuslarning “şoxlari” elektr simlaridan çiqib ketib, köpçiligimizni kuttirib, xunob qilgan holatlar ham bölgan, agar eslasangiz...

60 yildan ortiq muddatda respublikamizning önlab şaharlarida xizmat qilgan bu transportlar haqida internet ma’lumotlari şu qadar ozki, qömsaganda ovuniş çanqoği bosilmaydi kişining. Lekin bizda hali imkon bor ekan, Özbekiston trolleybuslarining sönggi avlodi va respublikada saqlanib qolgan uşbu yagona jamoat transporti haqida lavha tayyorlaşga qaror qildik.

Eng arzon transport
Xorazm viloyatining Urganç şahridan tarixiy va sayyohlik şahri Xivaga bormoqçi bölsangiz, transport tanlaşda şoşilmang. Ikki şaharni bir-biriga boğlovçi “şoxli avtobus”lar sizni eng arzon narx bilan manzilingizga eltib qöyadi. Bu jamoat transportini nafaqat arzon, balki, sizning trolleybuslar bilan boğliq eng qimmatli xotiralaringizni esga soluvçi “vaqt maşinasi” ham deyiş mumkin.

1998 yilda Xiva şahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan Urganç-Xiva yönalişida yölga qöyilgan trolleybuslar xizmati uçun yölkira narxi atigi 3000 söm. Yönalişdagi yaqinroq masofalar uçun esa 1000-2000 söm ham tölaş mumkin.

Bu trolleybuslarda pul teruvçi xodimlar yöq. Yölovçilarning özlari tartib bilan haydovçiga yöl haqini topşirib, tuşib ketaverişadi. Guvohi böldikki, arzon va xavfsiz bu transportdan öquvçilar eng köp foydalanar ekan.





























