Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Moldova mamlakatlarda noqonuniy bo‘lib turgan shaxslarni qaytarish to‘g‘risida bitim imzolaydi
O‘zbekiston va Moldova Ichki ishlar vazirliklari xodimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot chog‘ida tomonlar bir qator masalalar, xususan, «O‘zbekiston hukumati va Moldova hukumati o‘rtasida mamlakatlarda noqonuniy bo‘lib turgan shaxslarni readmissiya qilish to‘g‘risida»gi bitim loyihasini muhokama qildi.
Ichki ishlar vazirligi vakillari ikki davlat qonunchiligining o‘ziga xos jihatlari, mamlakatda doimiy va vaqtincha istiqomat qilayotgan xorijiy davlatlar fuqarolari huquqlari, huquqbuzarlik sodir etganida amaldagi qonunchilik doirasida ko‘riladigan choralar va ularga ko‘maklashish imkoniyatlari xususida fikr almashdi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
08:52 / 25.06.2026
Ruminiyada Moldova bilan birlashish bo‘yicha qonun loyihasi yangi bosqichga o‘tdi
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
13:41 / 18.03.2026