1,6 trln söm mablağni qayerga sarflaşini bevosita fuqarolar hal etişiga qaratilgan “Taşabbusli budjet” loyihasining 2023 yil 1-mavsumi yakunlandi.

18 mart soat 10:00 dan 7 aprel soat 10:00 ga qadar davom etgan jarayonda Özbekiston böylab “Openbudjet” portali orqali 33 680 ta taşabbus uçun 16 milliondan ortiq ovoz berildi.

Ovoz beriş jarayoni yakunlariga köra, 1666 ta loyiha ğolib deb topildi. Ğolib loyihalar bilan uşbu havola orqali tanişiş mumkin.

Eslatib ötamiz, ötgan mavsumda töplangan jami ovozlar soni 7,8 millionta bölgandi.

“Mazkur jarayonda iştirok etgan barça fuqarolarga minnatdorçilik bildirgan holda, “Taşabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsum jarayonlarida faol bölişingizni sörab qolamiz”, – deyiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabarida.