SpaceX asosçisi Ilon Mask öta oğir Starship raketasining birinçi sinov parvoziga tayyorgarlik körilayotganini ma’lum qildi.

«Starship keyingi haftada parvozga tayyor va nazorat idorasining ruxsatini kutmoqda», deb yozdi Mask.

Kosmik parvozlar uçun litsenziya beruvçi AQŞ Federal aviatsiya boşqarmasi (FAA) raketaning birinçi parvozi 10 aprel kuni amalga oşirilişi mumkinligini aytdi. 11 va 12 aprel zaxira sanasi sifatida belgilandi.

Sinov parvozi uçuvçisiz rejimda amalga oşiriladi. Birinçi parvoz doirasida raketa Yer atrofida bir marta aylanib çiqadi, söngra Ship 24 Tinç okeanida suvga qönadi.

Starship – SpaceX kompaniyasining yangi avlod raketa tizimi bölib, yuk va odamlarni Yer orbitasiga, şuningdek, Oy va Marsga yetkaziş uçun möljallangan.

Agar sinov muvaffaqiyatli ötsa, Starship SpaceX kompaniyasining barça raketalari - Falcon 9, Falcon Heavy va yuk taşuvçi Dragon V2 tizimlarini almaştiradi.

SpaceX hisob-kitoblariga köra, Starship uçirilişi boşqa tizimlarga nisbatan arzonroq böladi.

SpaceX raketaning birinçi orbital parvozini 2021 yilda amalga oşirişni rejalaştirgan edi, biroq keyinçalik texnik sabablarga köra, parvoz bir neça bor qoldirildi.