Professorga köra, bunday “balandparvoz” gaplarni deputatlar, mansabdorlar gapirayotgani jamoatçilik oldida soxta obro‘ orttirişga qaratilgan harakat hisoblanadi.

“Bu şunçaki oddiy aytiladigan gaplar emas, tahlil qilib beraman.

Kastratsiya amaliyotini kiritiş uçun avvalo pedofilizm degan kasallik borligini va uni kategoriyalarga kiritib qöyiş kerak. Bugun hujjatlar böyiça bizda pedofilizm yöq. Bu kasallikni aniqlovçi platforma kerak, bizda esa mavjud emas. Davolovçi mutaxassislar ham kerak, ular ham yöq Avvalo qonunga kiritiş, jazo belgilaş, bundan taşqari, pedofilizm böyiça jiddiy ilmiy asoslangan tadqiqotlarni amalga oşiriş talab etiladi. Pedofillar ham turga ajraladi. Şunday pedofillar borki, ular jismoniy yaqinlik qilmasdan jinoyatini amalga oşirişi mumkin. Jamoatçilik bu borada yetarli fikr va mulohaza yöq bölib turib, şior kötarib yugurişyapti, ularning içida esa men hurmat qiladiganlar borligi meni xavotirga solyapti.

Pedofilni kastratsiya qilganning foydasi bölmasligi, u ertaga bu işni qöli orqali qilişi mumkin. Ungaça qilinadigan işlar köp. Hali pedofiliya degan narsa qonunçilikda yöq bölgan holatda kastratsiya haqida gapirilyapti”, – dedi Barnogul Sanaqulova.

Iqtisodçi fikrlari davomida şuningdek, kastratsiya amaliyotini qonunçilikka kiritişning iqtisodiy oqibatlari haqida ham gapirdi.

“Kastratsiyani budjet kötara oladimi? Kastratsiya bir martada hal bölmaydi, uç oydan uç yilgaça qilinişi kerak bölgan jarayon hisoblanadi. Bunda har olinadigan ukol dozasi 3 mingdan 12 ming dollargaça turadi. Şuningdek, u bizga import qilinadi. Inson huquqlari nuqtai nazaridan ham kastratsiyaga şaxsning özi rozilik berişi kerak. Ya’ni özini pedofil deb tan olgan şaxs davolanişga murojaat qilişi kerak va xarajatlar davlat tomonidan qoplanişi lozim. Bu inʼeksiya oqibatida boşqa kasallik yuzaga kelsa, uni ham davlat davolaşi kerak. Qisqa qilib aytganda, bitta pedofil budjetga örtaça 20 ming dollarga tuşişi mumkin. Pedofilga inʼeksiya qilişdan oldin ham unda maxsus tahlillar ötkaziladi, doza belgilanadi. Bizda bunday laboratoriyalar yöq. Va holat davriy ravişda tahlil qilib borilişi kerak. Mutaxassislar yöq, ilmiy işlar yöq.

Hozirgi holatda pedofillarning oçiq röyxatini çiqariş, jamiyatga tanitiş, qonunlardagi jazoni kuçaytiriş, muqarrarlaştiriş, istisnolarni yöqotiş kerak. Pedofiliya irsiyatda bölişi ham mumkin ekan hatto. Bu jihatdan u odam aybdor bölmasligi mumkin, şuning uçun röyxatning oçiq yuritilişi ham bir tomondan notöğri bölib qolişi mumkin», – dedi Barnogul Sanaqulova.