Kun.uz manbasining ma’lum qilişiça, joriy yil 7 aprel kuni Qöştepa tumanida yaşovçi 29 yoşli sudlanuvçi konvoyda jinoyat işlari böyiça Buvayda tuman sudiga keltirilgan. U Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 3-qismi bilan aybli deb topilib, 2022 yilning 7 noyabr kunidan beri tergov hibsxonasida saqlanayotgan bölgan.
Sud binosiga keltirilgan sudlanuvçi xojatxonaga çiqib kelişni söragan. E’tiborsiz qoldirilganidan foydalanib, sud hovlisidagi devoridan boşqa tomonga sakrab ötgan hamda aholi yaşaş joyiga yaşiringan. U devordan narvon orqali oşib ötgan. Narvonga çiqayotganida konvoy xodimlari körib qolişgan va yugurib kelib, kiyimidan uşlaşgan. Biroq sudlanuvçi kiyimlarini yeçib taşlab, qoçişga ulgurgan.
U bir neça soatlik qidiruvlardan söng sud binosiga yaqin bölgan xonadonlardan birining tomida yaşirinib ötirganida uşlangan.

















