Hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Oilaviy bolalar uylari töğrisida”gi nizomga köra, faqat er-xotinlargina oilaviy bolalar uyi taşkil etiş uçun ariza berişi, yetim hamda ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni tarbiyaga olişi mumkin. Biroq Yulduz Xudoyberganovani yaqindan taniganlarga köra, bolalar uyi taşkil etayotganda uning turmuş örtoği bölmagan.

Bundan taşqari, qonunçilikka köra oilaviy bolalar uyiga tarbiyalaş uçun köpi bilan 10 nafar bola beriladi. Urgançdagi holatda esa qöşmaçi ayolga 11 nafar bola berib yuborilgan.

Bu holatlar oilaviy bolalar uyi faoliyat yuritgan hududdagi mahalla raisining ham, qolaversa, bu yerda tarbiyalangan bolalar tahsil olgan maktab direktorining ham e’tiborini tortgan.

Şavkat Jumaniyozov, Yangi hayot mahallasi raisi / Foto: Kun.uz

Urganç şahridagi Yangihayot mahallasi raisi Şavkat Jumaniyozov bu haqda şunday deydi:

— Toşkentdagi mehribonlik uyi rahbarining intervyusini körib qoldim, u juda töğri gaplarni aytgan. Ya’ni oilaviy mehribonlik uylarini oçiş uçun tayyorgarlik köriş, rahbarlik qiladigan odamlarni öqitiş, nomzodni har tomonlama örganiş kerak, dedi.

Xorazmdagi şov-şuvga sabab bölgan voqeada özining oilasi bölmagan ayol bolalarga tutingan onalik qilgan. Yulduz bilan gaplaşganimda, uning nima iş qilgani, tajribasini söradim. Oldin şu tizimda işlaganman, deb aytdi u.

Menimça, hujjat işlarida taniş-bilişçilik bölgan. Viloyat adliya boşqarmasi sobiq boşliği yoki boşqa amaldorlar unga bu borada yordam bergan deb öylayapman. Hujjatlardagi töğri kelmaydigan joylarini töğrilagandir. Turmuş örtoği bölmasa, oilasi bölmasa, u qanday qilib bolalar uyi oçgan?

Oilaviy mehribonlik uyi oçmoqçi bölganlarni har tomonlama örganiş kerak. Qöşnilaridan söraş kerak, axloqini örganiş kerak. Öşa Yulduz boşqa joydan bölib turib, bu yerda mehribonlik uyi oçmoqçi ekaniga hayron qolganman men ham. Qandaydir tanişlari orqali kelgan, menimça. Özi hali yoş, tajribasiz odam qanday qilib bolalarga qaraşi mumkin, bilmadim.