ACTIVIST loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov bir qator brendlarning yogurt mahsulotlariga karmin (E120) moddasi qöşilgani sabab bu mahsulotlarni iste’mol qilmaslik kerakligini aytib video çiqarişi ortidan, 8 aprel kuni 15 sutkaga qamalgan edi.

Özbekiston musulmonlar idorasi Fatvo markazi bu modda qöşilgan mahsulotlarni iste’mol qiliş joiz yoki joiz emasligi yuzasidan izoh berdi.

Karmin – qizil rangli böyoq bölib, oziq-ovqat qöşimçasi sifatida işlatiladi. Bu modda yarim qattiq qanotlilar guruhiga mansub bölgan koşenil nomli haşarotdan olinadi.

ÖzMI Fatvo hay’atiga köra, tört mazhab ulamolarining nazdida çigirtkadan boşqa haşarotlarni iste’mol qiliş qat’iy man qilingan. Lekin haşarotlardan olinadigan moddalar, şu jumladan karmin Ye120 moddasi ham muayyan kimyoviy jarayon va usullardan ötişi bilan holati özgarişi soha mutaxassislari va ulamolar tomonidan aytilgan.

“Bu borada Iordaniya fatvo hay’atining 3240-sonli fatvosida quyidagilar bayon qilingan: “Haşarotlardan olinadigan moddalar kimyoviy yöllar bilan boşqa moddaga aylanadi. Bu jarayon Islom şariatida “istihola”, ya’ni bir moddaning boşqasiga özgarişi deyiladi. Natijada, najosat va nopok bölgan narsalar öz sifatlarini yöqotib boşqa narsaga aylanadi”.

Bu masalada hanafiy mazhabimizning maşhur allomasi Kamol ibn Humom rahmatullohi alayh “Fathul-Qodiyr” kitoblarida bunday deganlar:

“Şariat (biror narsani) najosat bölişini muayyan mohiyatga boğlagan. Najosatning ba’zi sifatlari yöqolişi bilan najosatlik mohiyati ham yöqoladi. Agar najosatning barça sifatlari yöqolsa, najosatlik mohiyati ham töliq yöqolgan böladi. Buning şar’iy masaladagi misoli: uzum suvi pok sanaladi. (Vaqt ötişi bilan) xamr (mast qiluvçi içimlik)ga aylanib, najosat böladi. (Yana vaqt ötişi bilan) xamr sirkaga aylanib, pok böladi”.

Karmin moddasi haqida Fatvolar va tadqiqotlar böyiça Yevropa Kengaşi özining 19-sonli fatvosida quyidagiça qaror qilgan: “Karmin E120 moddasi garçi kelib çiqişi hayvonlardan bölsa ham, kimyoviy işlovdan ötadi, natijada öz tuzilişini özgartiradi hamda asl xususiyatlarini yöqotadi”.

Demak, yuqoridagilardan karmin – E120 moddasi qöşilgan mahsulotlarni iste’mol qiliş joiz ekani ma’lum bölmoqda. Lekin uşbu fatvolar ulamolar tomonidan e’lon qilingan bölsa-da, zamonamizdagi ayrim ahli ilmlardan mazkur masalada ehtiyot yölini tutişni tavsiya etganlari ham bor.