Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Rossiyani chetlab o‘tib, neft eksportini oshirish niyatida
2023 yilda Qozog‘iston neftni Rossiyani chetlab o‘tib, Ozarboyjon orqali eksport qila boshladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yetkazib berishni ko‘paytirish va barqarorlashtirish kerak, dedi Qozog‘iston prezidenti To‘qayev.
Foto: AA
Qozog‘iston jahon bozorlariga energiya resurslari yetkazib berish jarayonini diversifikatsiya qilmoqchi. Bu yo‘nalishdagi asosiy loyihalardan biri Qozog‘iston neftini Ozarboyjon orqali yetkazib berishdir, dedi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 10 aprel, dushanba kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaralardan so‘ng.
«Bizning kelishuvlarimiz sharofati bilan joriy yilda Qozog‘iston neftining birinchi partiyasi Ozarboyjon orqali jo‘natildi. Keyingi qadam yetkazib berish hajmini oshirish va ularni uzoq muddatli, barqaror qilishdir», - dedi To‘qayev.
Ilgari Qozog‘istondan neft eksport qilishning asosiy yo‘li «Kaspiy quvurlari konsorsiumi» tizimi bo‘lgan, u neftni Rossiyaning Novorossiysk shahriga tashib, u yerdan dengiz orqali jo‘natardi. 2022 yil iyulida Novorossiyskning Primorskiy tuman sudi «Kaspiy quvurlari konsorsiumi» ishini 30 kunga to‘xtatib qo‘ydi, shundan so‘ng To‘qayev neft eksporti uchun yangi yo‘nalishlarni topish haqida topshiriq berdi.
Mavzuga oid
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
18:26 / 01.05.2026
Trampning o‘g‘illari Qozog‘iston volframiga sarmoya kiritdi
21:43 / 23.04.2026