O‘zbekiston | 09:33 / 11.04.2023
12154
2 daqiqa o‘qiladi

Umrzoqov poytaxt hokimligi Rossiya biznesining Toshkentdagi ishtiroki va rivojini qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Joriy yil 10 aprel kuni Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umrzoqovning Rossiya favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, mehmonlarni qarshi olgan Shavkat Umrzoqov tashrif uchun minnatdorlik bildirib, ayni paytdagi mamlakatlararo aloqalarning rivojlanish sur’atlariga davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin tomonidan o‘rnatilgan samarali muloqot mustahkam zamin yaratganini aytgan. 

"Shuningdek, poytaxt hokimligi Rossiya biznesining Toshkentdagi ishtiroki va rivojini qo‘llab-quvvatlashini, raqamlashtirish, turizm, ilm-fan, tibbiyot, ta’lim, madaniy-gumanitar sohalardagi barcha taklif va loyihalarni batafsil o‘rganishga tayyorligini ta’kidladi", deyiladi xabarda.

Oleg Malginov uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, o‘zaro iqtisodiy, savdo, siyosiy va boshqa aloqalarning faol rivojlanishi jarayonida O‘zbekiston poytaxti bilan RF hududlari o‘rtasidagi muloqotni jadallashtirish maqsadga muvofiqligini aytgan. 

"Energetik infratuzilmani yangilash va rivojlantirishda Rossiya korxonalarining qiziqishini alohida ta’kidlab, bu yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi", deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Uchrashuv yakunida taraflar 24-26 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Innoprom Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi yuqorida qayd etilgan maqsadlar uchun qulay maydonga aylanishiga ishonch bildirgan.

Mavzuga oid