Sönggi yillarda bu mavzu yuqori davralarda örtaga taşlandi, jiddiy muhokama bölmoqda, takliflar bildirilyapti, qarorlar qabul qilinyapti. Ammo umumiy manzara özgarayotgani yöq. Hojatxonalar, ulardan foydalaniş madaniyati böyiça haligaça bir joyda depsinib turibmiz.

Qiziq fakt: Yetmiş yil yaşagan inson öz umrining taxminan uç-tört oyini hojatxonada ötkazadi. Demak bu jarayon nafaqat bir inson uçun, balki butun jamiyat uçun muhim. Keksalarimiz «Biror oila haqida tasavvurga ega bölmoqçi bölsang, hojatxonasiga kirib kör» deb bejizga aytişmaydi. Bu tizimning qanday işlaşi bir oila emas, taşkilotlar, davlat muassasalari, köngiloçar va umumiy ovqatlaniş maskanlari va umuman butun bir mamlakat haqida ham yetarliça xulosa çiqarişga asos böla oladi.

Özbekistonda umumiy hojatxonalar muammosi öta jiddiy, buni oçiq tan olmay ilojimiz yöq. Pulli bölsa ham jamoat hojatxonalarini köpaytiriş zarur. Ayniqsa şaharlarda, aholi gavjum joylarda butun bir köçalarni kezib ham ba’zan bunday joy topa olmaymiz. Topganimiz ham köngildagidek emas. Axir davlatimiz rivojlanib bormoqda, kun sayin yurtimizga sayyohlar köproq taşrif buyurişmoqda, şunday ekan inson hayoti uçun elementar ehtiyojni ta’minlaş lozim. Butun dunyo foydalanayotgan biohojatxonalar, köçadagi köçma kabinalar ham biz uçun begonaligiça qolmoqda. Öz hisoblaridan çiroyli hojatxona taşkil qilganlarni va beğaraz foydalaniş uçun berayotganlarni umuman eşitmaganmiz. Axir bu ham savob-ku. Yaxşiki masjidlarimiz bor, tahoratxonalari işlab turibdi, ibodat qilinmasa ham kiriş mumkin, lekin bu kamlik qiladi-da.

Bu holatga özimiz örganib bölgandirmiz, ammo mehmonlar oldida har safar yuzimiz qizarişi ham haqiqat. Talab darajasidagi hojatxonalar qurilişi va sifatli işlaşi uçun alohida qarorlar çiqayotgani, bu işga boş qöşganlarga soliq imtiyozlari berilayotgani ham muammoning naqadar jiddiyligini körsatib bölgan. Ammo şunça islohotlarga qaramay jamoat hojatxonalari tanqisligiça qolyapti.

Şu bilan birga masalaning ikkinçi tarafi haqida ham söz yuritsak. Hojatxonalar qurilar, işga tuşirilar. Ammo bizning ulardan foydalaniş madaniyatimiz qay darajada? Aslida bor hojatxonalarni ham badböy qilayotgan, özidan keyin birovni yaqinlaştirmay qöyadigan, bu jarayonga faqat burun jiyiradigan holat degan tuşunçani ongimizga singdirib olgan siz-u biz emasmi?!

“Özbekiston umumiy uyimiz” deb kökrakka muştlaymiz. Şu uyimizga köp sonli va obröli mehmonlar kelişmoqda. Xöş, ularni qanday kutib olamiz? Qanday jihatlar bilan mehmonlar yodida qolamiz?! Davlat yoki tadbirkorlar hojatxonalar muammosiga jiddiy kirişarkan, biz ularni lozim darajada saqlay olamizmi?