Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toşpölatov bergan ma’lumotlarga köra Respublika böyiça qarzdor ayollar bölgan aliment undiruvi bilan boğliq 3 mingdan ortiq ijro hujjatlari mavjud. Hududiy jihatdan ayollar tomonidan eng köp aliment tölaş körsatkiçi Samarqand (483 ta) va Farğona (379 ta) viloyatlariga töğri keladi.
Mazkur toifadagi undiruvlar böyiça undirilişi lozim bölgan mablağ jami bölib ikki oydan ortiq muddat mobaynida tölanmagan taqdirda MJtKning 47-4-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlik, şunday qilmiş uçun ma’muriy jazo qöllanganidan keyin ham jami bölib ikki oydan ortiq muddat mobaynida tölamagan taqdirda unga nisbatan JKning 122-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortiş çoralari köriladi. Ya’ni bu örinda erkaklarga qanday talab qöyilgan bölsa, ayollarga ham xuddi şu talablar qöllanadi.
Bordi-yu aliment tölovçi çet elga ketiş niyatida bölsa, Oila kodeksining 145-moddasiga muvofiq, aliment tölaşi şart bölgan şaxs doimiy yaşaş uçun yoki uç oydan ortiq muddatga çet davlatga ketayotganida qonunga muvofiq özi ta’minot berişi lozim bölgan aliment oluvçilar bilan uşbu Kodeksning 130-134-moddalariga asosan aliment tölaş töğrisida kelişuv tuzişi şart.
Aliment tölaş töğrisida kelişuvga erişilmagan taqdirda manfaatdor şaxs aliment miqdorining pul bilan tölanadigan qat’iy summada belgilanişi va alimentni biryöla tölaş töğrisida yoki aliment evaziga muayyan mol-mulkni beriş yoxud alimentni boşqa usulda tölaş töğrisidagi talab bilan sudga murojaat qilişga haqli.
Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uçun alimentlar oldindan tölangan yoki aliment tölaş majburiyatini ta’minlaş uçun garov şartnomasi tuzilgan bölsa, şaxs aliment tölaş töğrisida kelişuv tuziş majburiyatidan ozod etiladi.

















