Norvegiya Taşqi işlar vazirligi Rossiya elçixonasining «diplomatik maqomga töğri kelmaydigan faoliyat» bilan şuğullanayotgan 15 nafar xodimini mamlakatdan çiqarib yuboradi. Bu haqda 13 aprel, payşanba kuni taşqi işlar vaziri Anniken Xyuitfeld ma’lum qildi.

«Rossiya Norvegiyada eng katta razvedka tahdidini keltirib çiqarmoqda. Buni jiddiy qabul qilgan holda, biz bugun Rossiya razvedkasining mamlakatimizdagi faoliyatiga tösqinlik qiluvçi qadam taşlamoqdamiz. Biz rus razvedkaçilarining Norvegiyada diplomatik niqob ostida işlaşiga yöl qöymaymiz», - dedi u.

Taşqi işlar vazirligi bayonotida uşbu razvedka xodimlarining faoliyati birmunça vaqtdan beri kuzatilgani va ular tez orada mamlakatni tark etişi kerakligi aytilgan. Norvegiya boşqa razvedka xodimlariga viza bermaydi.

«Men Norvegiya Rossiya bilan normal diplomatik munosabatlarni davom ettirişni istaşini va rossiyalik diplomatlarga qarşi emasligini ta’kidlayman. Bizning harakatlarimiz faqat istalmagan razvedka faoliyatiga qarşi qaratilgan. Biz diplomatik missiya faoliyatini saqlab qolişni istaymiz, ammo diplomatik missiyaning yaşirin razvedka faoliyati maqsadida suiiste’mol qilinişini ma’qullay olmaymiz», dedi Anniken Xyuitfeld.