“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi 2023 yilning 23 mart kuni Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 6 aprel kuni esa Senat tomonidan ma’qullangandi.
11 aprel kuni prezident uşbu qonunni imzoladi va u 12 apreldan kuçga kirdi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga 1413-modda kiritildi. Unda şaxsning şa’nini va qadr-qimmatini kamsituvçi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi ma’lumotlarni oşkor qilganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Jumladan, şaxs tanasining va (yoki) jinsiy a’zolarining yalanğoç holdagi foto va (yoki) videotasvirini öz içiga olgan axborotni uning roziligisiz tarqatiş, şu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmoğida tarqatiş yoxud bunday axborotni tarqatiş bilan qörqitiş bazaviy hisoblaş miqdorining tört yuz baravaridan olti yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz oltmiş soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud uç yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.
Agar bu harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ön sakkiz yoşga tölmaganligi aybdorga ayon bölgan şaxsga nisbatan sodir etilgan bölsa uç yuz oltmiş soatdan tört yuz sakson soatgaça majburiy jamoat işlari yoki bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

















