Rossiya Davlat Dumasi 11 noyabr kuni diversiya xususiyatidagi jinoyatlar böyiça jinoiy javobgarlik yoşini 16 yoşdan 14 yoşga tuşiriş töğrisidagi qonun loyihasini ikkinçi va uçinçi öqişda qabul qildi.

Bundan taşqari, qabul qilingan qonun loyihasi voyaga yetmaganlarni terrorçilik va diversiya faoliyatiga jalb qiliş uçun jazoni kuçaytiradi, diversiya xususiyatidagi barça jinoyatlar böyiça eskiriş muddatlarini bekor qiladi va diversiya hamjamiyati a’zolarini şartli jazoga hukm qilişni taqiqlaydi. Diversiyalarga aloqador jinoyatlarda aybdor deb topilganlarga jazoning kamida 3/4 qismini ötamasdan turib, muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilişga da’vogarlik qiliş taqiqlanadi.

Qonun loyihasining taşabbuskorlari sifatida 2025 yil 20 oktyabr kuni Davlat Dumaga kiritilgan hujjatga barça fraksiyalarning 419 deputati körsatilgan. Quyi palata raisi örinbosari Irina Yarovaya buni bir qonun loyihasi uçun imzolar soni böyiça rekord deb atadi.

«Sever.Realii» loyihasi 2025 yil avgust oyida hisob-kitob qilganidek, Ukrainadagi uruş boşlanganidan beri Rossiyada diversiya uçun mahkum qilinganlar orasida har tört şaxsdan biri öspirin bölgan, ammo öşa paytda jinoiy javobgarlik 16 yoşdan boşlangan (yangi qonun loyihasida — 14 yoşdan).

Şuningdek, 2025 yilning dastlabki olti oyi içida RFda kamida 42 nafar öspirin terrorizm va diversiyaga oid moddalar böyiça ayblanib qölga olingani qayd etildi, deb yozadi jurnalistlar. Ma’lumotda aytilişiça, bu raqam kattaroq bölişi mumkin, çunki ayrim OAV va kuç tuzilmalari naşrlarida «öspirinlar guruhi» qölga olingani haqida aniq soni körsatilmasdan xabar berilgan.