— Lagrenjvillda yer muammosi yöq. Hovlilar keng joylaşgan, har bir uyga 20-25 sotixdan joy bor. Devorlar yöq hovlilarda, şaxsiy mulkni hurmat qilişadi. Odatda Nyu-York aholisi pensiya yoşigaça işlab, keyin boşqa bir ştatga köçib ketişadi. Bunday yerlarga gaz kelmaydi odatda, faqat elektr bor. Lekin elektrning özi yetarli hammasi uçun. Isitiş tizimimiz dizelda işlaydi, yiliga örtaça 4 tonna dizel yoqiladi. Elektrga esa oyiga 100-150 dollar atrofida pul tölaymiz, umuman uzilişlar bölmaydi. Çekka hudud bölganimiz uçun quduqlardan suv olinib, qayta işlanadi bizda, şahar suv tizimiga ulanmagan.

— Bu yerda yaşaşning yaxşi va yomon tomonlari qanday?

— Yaxşi tomoni, bu yerda tinçlik bor, havosi toza, tabiati gözal. Nyu-York şahrida doimiy şovqin böladi. Keçasi yulduzlar juda çiroyli körinib turadi bu yerda.

Yomon tomoni esa bu yerda öyin maydonçalari yöq bolalar uçun. Keyin, Bruklindan özbek oşxonalari bor edi, bu yerda esa bunday imkoniyat yöq. Bu yerga köçib kelganimizga 7,5 yil bölgan bölsa, hali biror marta özbek oilasini körmadik. Özbeklar bilan gaplaşiş uçun Nyu-York şahriga boramiz.

Köp uylarda qariyalarni köriş mumkin. Çunki Amerikada voyaga yetgan farzandlar ota-onalari bilan kamdan kam birga yaşaşadi. Uylarning aksariyati yoğoçdan quriladi, çunki arzon bu yerda. Ammo işçi kuçi qimmat, şuning uçun ham tez bitadigan qilişadi.

— Kommunal xizmatlar uçun oylik xarajatingiz qança böladi?

— Qiş mavsumida köp ketadi. Elektrga 150-200 dollargaça bölsa, dizel uçun sovuq oylarda ming dollargaça borişi mumkin. Lekin yillik xarajatlarni umumiylaştirib böladigan bölsak, taxminan 600-700 dollar atrofida böladi. Yer soliği va maktab soliği ham oyiga ming dollar böladi. Bu yerda maktab soliğini hamma tölaydi, farzandlari bölmasa ham. Xususiy maktablar ham bor, lekin qimmat.

— Umuman, AQŞga kelişingiz haqida gapirib bersangiz. Qanday bölgan?

— Bu yerga kelişimdan oldin TATUda öqib, keyin 2 yil işlaganman. 2010 yilda kelişga imkoniyat bölib qolgan. Birinçi Bruklinga kelganman, u yerda özbeklar köp. Bir yilça Bruklinda işlaganimdan keyin özimning sohamda (menejment) iş qidirişni boşladim. Iş topiş murakkab böldi. Çunki 2008 yildagi inqirozda köpçilik işidan ayrilgan edi. Raqobatçi köp bölgan.