Abituriyentga uchtagacha litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan 1 tadan mos yo‘nalishini tanlash imkoni beriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga «Akademik litseylarga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra:
- abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;
- abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Bundan tashqari, akademik litseylarga o‘qishga qabul qilishda xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari, xorijiy til sertifikati mavjud abituriyentlarga imtiyozlar beriladi.
Shuningdek, qaror bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan nizomga ko‘ra:
- akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish tartibi;
- akademik litseylarda maslahat kengashlari faoliyatini tashkil etish, hujjatlarni qabul qilish, imtihonlarni o‘tkazish, rasmiylashtirish va natijalarni e’lon qilish tartibi;
- fan olimpiadalari, tanlovlar g‘oliblari va umumta’lim fanlarini o‘zlashtirish sertifikatiga ega bo‘lganlar uchun imtiyozlarni qo‘llash;
- akademik litsey o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibi belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berildi
Sport | 11:50
-
Oldi olingan to‘ntarish, qayta tekshiriladigan GES va qimmatlagan go‘sht - Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 10:20
-
Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
O‘zbekiston | 09:37
-
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
Sport | 09:20
Mavzuga oid

21:20 / 28.06.2024
2 yillik staji bor yoshlar ish beruvchining tavsiyasi asosida oliygohga o‘qishga qabul qilinadi

14:04 / 19.06.2024
O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish tartibi yangilandi

14:47 / 10.06.2024
O‘zbekistonda akademik litseylarga qabul boshlandi

15:10 / 07.12.2023