G7 qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechishni tezlashtirishga kelishib oldi
Yaponiyaning Sapporo shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aniq chora-tadbirlar muvofiqlashtirib olinmadi, biroq Fransiya kelishuvni muvaffaqiyatli deb atadi. Asosiysi, uning fikricha, karbonat angidrid tashlamalari kvotasi bajarilmagani uchun jazo chorasidan qochishning iloji bo‘lmaydi.

Foto: AP
«Katta yettilik» mamlakatlari bir vaqtning o‘zida hech qanday aniq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirib olmasdan, qazib olinadigan yoqilg‘idan bosqichma-bosqich voz kechishni tezlashtirishga kelishib oldi. «Katta yettilik» davlatlari eng kamida 2050 yilgacha energiya tizimlarida karbonat angidrid tashlamalarini nolga tenglashtirish uchun qazib olinadigan yoqilg‘idan bosqichma-bosqich voz kechishni jadallashtirish majburiyatini oladi», deyiladi yakshanba, 16 aprel kuni yetti yetakchi sanoatlashgan davlat atrof-muhit vazirlarining Sapporo, Yaponiyadagi ikki kunlik yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha bayonotda.
Bayonotni imzolagan davlatlar boshqa davlatlarni ham ushbu majburiyatga qo‘shilishga chaqirdi. Biroq, ular 2022 yilda 2035 yilgacha elektr ta’minotini dekarbonizatsiya qilish to‘g‘risida kelishilgan vaqtdan tashqari hech qanday aniq muddatlarni belgilamadi.
Shunga qaramay, Fransiyaning energetik o‘tish bo‘yicha vaziri Anes Pane-Ryunashe Sapporodagi uchrashuv natijalarini oldinga katta qadam deb atadi. «Eng muhim o‘zgarish shundaki, biz karbonat angidrid tashlamalari bo‘yicha kvotalar bajarilmagani uchun jazo chorasidan qochishning imkoni bo‘lmasligiga kelishib oldik», deb tushuntirdi u.
Buyuk Britaniya va Fransiya G7 mamlakatlariga shu o‘n yillikdayoq ko‘mirdan elektr energiyasini «tinimsiz» ishlab chiqarishga chek qo‘yishni taklif qildi, buning uchun karbonat angidrid tashlamalari kvotasi bajarilmagani uchun jazo chorasi qo‘llamaslik imkoniyati bor edi. Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi natijasida yuzaga kelgan energetika inqirozi fonida Yaponiya, AQSh va G7 boshqa davlatlari bu tashabbusni rad etdi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:45 / 18.03.2025
Kanada bosh vaziri Volodimir Zelenskiyni G7 sammitiga taklif qildi

09:02 / 15.03.2025
G7 Rossiyaga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh torsa, sanksiyalar bilan tahdid qildi

08:13 / 11.03.2025
AQSh G7 yig‘ilishida Rossiyaga qarshi ritorikadan qochishga chaqirdi

23:38 / 24.02.2025