Farğona viloyatining Özbekiston tumani hokimligida işlovçi şaxs jinoyat ustida qölga olingan. Içki işlar vazirligi axborot xizmatining xabar berişiça, uşbu amaldorning jinoiy rejalari töğrisida ma’lumot kelib tuşgan va şundan söng tezkor tadbir taşkillaştirilgan.
12 aprel kuni IIV Tezkor qidiruv departamenti, Farğona viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining viloyat boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
Özbekiston tumani hokimligining qişloq xöjaligi bölimi yer nazorati inspektori hokimiyat balansida bölgan qişloq xöjaligi maqsadlari uçun möljallangan yerlardan 3 gektarini oçiq elektron platforma orqali yutib beriş evaziga tadbirga jalb etilgan maxsus xaridordan 4 ming dollar miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida qölga olingan.
Töplangan hujjatlarga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Farğona viloyat boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 25-modda (Jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş) orqali 211-moddasi (Pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqandda 4 gektar yerni 55 ming dollarga, Angrenda 20 sotix zaxiradagi yer maydonini 18 ming dollarga








