Samarqand tumanida MÇJlardan biriga tegişli yerning 4 gektarini 55 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxs uşlangan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, ikki nafar fuqaroning Samarqand viloyati IIBga qilgan murojaatiga asosan, huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbirda, fuqaro M.A. Samarqand tumani Mironqul mahallasi hududidan tuman hokimining qaroriga asosan “A.S.” MÇJga intensiv tokzor barpo etiş uçun ajratilgan 21,3 gektar yerdan 4 gektarini 55 ming dollar evaziga sotişga kelişib, şundan 30 ming dollarini olayotganda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Boş prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tuman bölimi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borişga kirişilgan.