27 aprel kuni Toshkent shahridagi «Panarams» mehmonxonasida gibrid formatdagi Ikkinchi “Inklyuziv biznes-forum” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Forum O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Toshkent shahar “ShAROIT PLYuS” nogironlar jamoat birlashmasi, Britaniya Kengashi, YuNICeF, Jahon banki va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, yirik, o‘rta va kichik mahalliy kompaniyalar rahbarlari va kadrlar bo‘limi mutaxassislari ishtirokida tashkil qilindi.
Tadbirda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasiga ishga kiritish, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilish: subsidiya va imtiyozlar, nogironligi bŭlgan shaxslarni ishga joĭlashtirishda ish beruvchilar oldidagi majburiyatlar kabi mavzular muhokama qilinadi.
Forumda nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv mehnat masalalariga befarq bo‘lmagan mahalliy biznes va ijtimoiy soha vakillari qatnashishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish ushbu havola orqali amalga oshiriladi.









