Mamlakatimizda biologik faol qöşimçalar bozori tezkor rivojlanyapti va bu jarayonda kompaniyalar xaridorni şiddatli reklama uslubida avrab taşlaşyapti. Reklamalarda mubolağalarga yöl qöyilişi, mijozni jalb qiliş uçun jarangdor sözlardan foydalanilişini tuşuniş mumkin. Ammo yaqqol qonun buziliş holatlariga yöl qöyilişi, yolğon ma’lumot berilişi va e’lonlar öta savodsizlik bilan taqdim etilişi oddiy holga aylanib ulgurdi.

Biologik faol qöşimçalar (BFQ) işlab çiqaruvçilar asosiy argumentlari sifatida mahsulotlarining dori vositalari emasligi, qonunçilik talablari esa aynan dori vositalariga qöllanişini körsatişadi. Lekin mijozlarning 95 foizi ularga “dori oliş” böyiça murojaat qilişganida parvo qilişmaydi, bemor dori vositasi emas, aynan BFQ sotib olayotganiga alohida töxtalib tuşuntirişni ep körişmaydi. Nafaqat jimjimador va lofga töla reklamalarida, balki qönğiroq qilib boğlanilganida ham şu qadar oğiz köpirtirib maqtaşadiki, göyoki ölik yesa tiriladiganday.

Ma’lumot uçun: Biologik faol qöşimçalar minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, ösimlik ekstraktlari, töyinmagan yoğli kislotalar, aminokislotalar va boşqalarni öz içiga olgan tabiiy komplekslardir. Ular ovqatlanişdagi kamçiliklarni bartaraf etib, soğlom moddalarni özlaştirişini kuçaytiradi hamda tananing içki quvvatini kuçaytirib, köplab kasalliklarning xavfini kamaytiradi. Biofaol qöşimçalar dori vositalari sirasiga kirmaydi - manba.

Keling, misollarga murojaat qilamiz:

Bu suratdagi oq xalat kiyib olgan ajnabiy amaki özi kim? Qaysi vakolatlar asosida Özbekiston ahliga BFQ tavsiya qilyapti? Bu savollarni qöyaturamiz va aynan özimizning qora közlar yozgan sözlarga e’tibor qaratamiz – “Jigar xastaligi (sirroz) va qon tozalaşni yangi, 100 foiz usuli işlab çiqildi”.

“100 foiz” söziga alohida urğu berayotgan bu şovvozlar nima deyayotganlarini özlari tuşunişmaydi. Jigar sirrozi murakkab kasallik bölib, uni nafaqat allaqanday BFQ, balki kompleks davolaşda ham bunday natija bilan davolaş mutlaq ilojsizdir. Bu kasallikka çalingan bemorlar tirik qoliş uçun xorijiy davlatlarda jigar almaştiriş amaliyotiga 30-40 ming dollarlab sarflaşmoqda.

Keling, şu örinda BFQ reklamasi töğrisidagi qonun talablariga töxtalib ötamiz. Unda jumladan şunday bandlar bor: