Ğarb yetakçilari Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada UQKning kutilayotgan qarşi hujumiga javoban «qolgan barça vositalardan», jumladan, yadroviy qurol va kiberhujumdan foydalanişi mumkinligiga tayyorlanmoqda.
Yaponiyada bölib ötgan G7 taşqi işlar vazirlari sammitida Britaniya rasmiylari Rossiyaning Ukraina hududini uşlab qoliş böyiça ekstremal taktikasiga «tayyor böliş kerakligini» aytdi. Şu munosabat bilan jurnalistlar Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedevning Ukrainaning Qrimni qaytarib olişga bölgan urinişlari mamlakati uçun «barça himoya vositalaridan, şu jumladan yadroviy doktrinada közda tutilgan çoralardan foydalaniş uçun asos böladi» degan mart oyidagi bayonotini eslatdi.
Gazetaning «katta yettilik» a’zo davlatlari rasmiylari bayonotlariga tayanib yozişiça, Ukraina mojarosini hal qilişning «kelajak istiqbollari» böyiça muzokaralar çoğida «oçiq fikr almaşuvi» bölgan. Şu tariqa Britaniya boş vaziri Rişi Sunak uruş muzokaralar stolida yakunlanişi mumkinligini aytdi. Şu bilan birga, naşrning Buyuk Britaniya Taşqi işlar vazirligidagi manbalari fikriça, Putin uçun «bu mojaroni hal etişning yagona yöli» - Rossiya qöşinlarini Qrimdan olib çiqib ketiş, Ğarb uçun esa - Kiyevni «işni yakunlaş uçun vositalar bilan ta’minlaş», deb ta’kidlaydi jurnalistlar.


















