Daniya va Niderlandiya Germaniyada işlab çiqarilgan 14 ta Leopard 2A4 tanklarini birgalikda sotib oliş, ta’mirlaş va Ukrainaga beriş niyatida, deyiladi ikki davlatning qöşma bayonotida. 

«Bu allaqaçon e’lon qilingan 100 tagaça Leopard 1A5 maşinalariga qöşimça ravişda juda muhim hissa», deya ma’lum qildi Daniya taşqi işlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen. 

Leopard 2A4 tanklari Ukrainaga 2024 yil boşida yetkazib berilişi kutilmoqda. Tanklarning 165 million yevrolik taxminiy qiymati Daniya va Niderlandiya örtasida teng taqsimlanadi. 

Bundan oldin AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga yangi harbiy yordam körsatişini e’lon qilgandi. 

19 aprel kuni Pentagon saytida xabar qilinganidek, 325 million dollarlik paketga HIMARS YaÖRT öq-dorilari, 155 va 105 millimetrli artilleriya snaryadlari, TOW tankka qarşi boşqariladigan raketalar, AT-4 tankka qarşi tizimlari, tank minalari, tösiqlarni yengib ötiş uçun öq-dorilar, 9 milliondan ortiq öqotar qurol patronlari, aniq boşqariladigan aviatsiya öq-dorilari, port va bandargohlarni qöriqlaş uskunalari hamda boşqa jihozlar kiradi.

Uşbu harbiy yordam paketi Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli tajovuzkorligi boşlanganidan beri ketma-ket 36-yordam böldi. Pentagon aniqlik kiritişiça, 2022 yil fevralidan beri AQŞning Ukrainaga bergan harbiy yordami umumiy miqdori 35,4 milliard dollarga yetgan.