Iqtisodçi Barnogul Sanaqulova “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunga binoan endi bolalarni 3 oydan ortiq qarovsiz qoldirib ketgan ota-onalar jazolanişini aytdi. Daxldor taşkilotlar: MFY, nozir, maktab, boğça, Xotin-qizlar qömitasi vakili kabilar bunday vaziyat haqida xabar bermasa, ular ham javobgarlikka tortiladi. Ya’ni endi ota-ona bolasini 3 oydan köp muddatga qoldirib ketadigan bölsa bolaga vasiy tayinlanişi majburiy va şart. Avval bu muddat 6 oy edi.
Sanaqulovaning ta’kidlaşiça, mazkur masalada Vazirlar Mahkamasi tomonidan işlab çiqiladigan nizomga köp narsa boğliq.
Yana bir yangilik şuki, bolalarga nisbatan zöravonlik sodir etganlikda ayblangan, sudlangan kişilar kelajakda bolalar bilan boğliq bölgan joylarda işlaşi taqiqlanadi. Xususiy yoki davlat taşkiloti ekanligi farqsiz. Lekin 3 oy içida Vazirlar Mahkamasi bu böyiça nizomni qabul qilişi kerak hali. Ya’ni huquqlardan mahrum qiliş qay tartibda bölişi belgilanişi lozim, hali yopiq loyiha haqida gapiryapmiz. Agar tezroq nizom qabul qilinmasa, vaqt çözilsa, bu modda ham işlamaydi. Agar pedofil öz lokatsiyasini özgartirsa, uning izi yöqoladi. Toşkentda işlagan, sudlangan pedofil odam, deylik, ertaga Buxoroda bemalol yana bolalar bilan boğliq muassasalarda işlab yurişi mumkin. Şuning uçun ham amaliyotga tezroq joriy qilinişi muhim hozir.

Lekin muammo bölişi mumkin. Davlat taşkilotlari rasmiy ravişda, tegişli tekşiruvlardan ötkazib işga oliş imkoniyatiga ega. Biroq xususiy sektorlarga rasmiy tarzda işga olmay işlatib yurişi ham mumkin. Biz nazorat qilolmaymiz buni. Deylik, biror suziş tögaragida 6 ta murabbiy bölsa, 3-4 tasi rasmiy işlamasligi mumkin. Va öşalar içida pedofil bölsa, nazoratga ololmaymiz. Bolalarni topşirib qöygan bölamiz pedofil qöliga. Şuning uçun ham Vazirlar Mahkamasi işlab çiqadigan nizomga köp narsa boğliq böladi. Şunday mexanizm bölişi kerakki, har qanday holatda pedofilni aniqlaş imkoni bölişi lozim.
Ma’lumot örnida, ayni paytda Özbekiston qonunçiligida pedofil tuşunçasi kiritilmagan. Şu sababdan bolalarga nisbatan zöravonlik sodir etgan şaxs deb nomlanadi.
















