Özbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlaş uçun tuzilgan Işçi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoşidagi Astronomiya institutidan olgan ma’lumotlarga köra, 1444 hijriy yil Şavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) şu yil 20 aprel, payşanba kuni Toşkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir bölgan (tuğilgan).
Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi islom dini ta’limotlari va mazkur astronomik ma’lumotlarga asoslangan holda respublikada joriy yilda Ramazon hayiti 2023 yil 21 aprel juma kuniga töğri kelişi haqida qaror qabul qildi.
Bugun xodimlar odatiy iş kunidan bir soat ertaroq ketişi mumkin. Mehnat kodeksi 121-moddasiga köra, bayram (işlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik iş (smena) muddati barça xodimlar uçun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Kun davomida prezidentning «Ramazon hayitini nişonlaş töğrisida»gi qarori e’lon qilinişi kutilmoqda. Unda dam oliş kunlariga ham aniqlik kiritiladi.
Bu holda ikki variant bor:
- 2023 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisidagi farmonda körsatilgan duşanbadagi dam oliş kuni bekor qilinib, şanba kuni 6 kunliklar uçun qöşimça dam oliş deb e’lon qilinişi mumkin. Natijada juma, şanba va yakşanba — 3 kun dam oliş kuni böladi;
- duşanbadagi dam oliş kuni saqlangan holda şanba kunida 6 kunliklar uçun yana bitta qöşimça dam oliş kuni berilişi mumkin. Natijada juma, şanba, yakşanba va duşanba — 4 kun dam oliş kuni böladi.

















