Xitoy Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining (XHK) 2023 yil boşida qurol va öq-dorilarni yetkazib beriş böyiça sörovini javobsiz qoldirdi. Bu haqda 20 aprel, payşanba kuni Financial Times gazetasi AQŞ razvedka xizmatlarining sizdirilgan maxfiy materiallariga xabar berdi.

«Vagner guruhi»ning Xitoyga töğridan töğri sörovi, ular Pekin Moskvaga qurol yetkazib berişga va Xitoy korxonalari harbiy kampaniyani (Rossiyaning Ukrainadagi) qöllab-quvvatlaşning boşqa, jiddiy bölmagan şaklidan taşqariga çiqişga oçiq bölişiga işonçi borligini körsatadi», - deyiladi naşr xabarida.

Şu bilan birga, AQŞ razvedkasi hisobotiga köra, yanvar oyi boşida Xitoy «Vagner» XHKga hatto sinov uçun ham heç qanday qurol yubormagan va qurol-yaroğ yetkazib beriş böyiça «Vagner» XHK bilan boğlanmagan», deydi jurnalistlar.

Vaşington avvalroq Pekin muhim öq-dorilar, artilleriya snaryadlari va raketa zaxiralarini töldiriş uçun Rossiyani qurollar bilan ta’minlaş imkoniyatini körib çiqayotganini, biroq Xitoyning Rossiyaga bunday yordam körsatganiga heç qanday dalil yöqligini ta’kidlagan edi.

Öz navbatida, XXR Rossiyaga qurol yetkazib beriş rejalari borligini bir neça bor rad etib, NATOni Ukrainaga yordam körsatiş orqali mojaroni qözğatayotganlikda ayblagan.