Şvetsiya taşqi işlar vaziri Tobias Billstryom beş nafar rossiyalik diplomatning çiqarib yuborilişini e’lon qildi. Şvetsiya Taşqi işlar vazirligining 25 aprel, seşanba kuni bergan bayonotida ta’kidlanganidek, rossiyaliklarning faoliyati “Diplomatik munosabatlar töğrisidagi Vena konvensiyasiga töğri kelmaydi”.

Vazirlik bu faoliyat nima ekanligini tuşuntirişdan boş tortdi, biroq Şvetsiya xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga köra, Rossiya doimiy ravişda Şvetsiyada razvedka ma’lumotlarini yiğiş bilan şuğullangan. “Bu xavfsizlikka tahdid, hukumat uni juda jiddiy qabul qiladi”, deyiladi bayonotda.

Rossiyaning Şvetsiyadagi elçixonasi Reuters agentligiga TIV qaroriga izoh berişdan boş tortdi. Şvetsiya xavfsizlik xizmati ham bu işni izohlaşdan boş tortdi, biroq Rossiya öz diplomatlaridan Şvetsiya böyiça josuslik qiliş uçun foydalanişi haqida ançadan beri ogohlantirib kelganini aytdi.

22 aprel kuni tuşdan keyin Rossiya Taşqi işlar vazirligi Berlinni “duşmanlik harakatlarida” va “Rossiya-Germaniya munosabatlarining butun majmuasini, jumladan, diplomatik jihatlarini namoyişkorona yöq qilişda” ayblagan bayonot berdi. Şuningdek, hujjatda aytilişiça, RF “Rossiyaning Germaniyadagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari navbatdagi ommaviy çiqarib yuborilişiga” javoban xuddi şunday çoralar köradi.