25 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda 3 nafar qizning jabrlanuvçini urib, tepkilagani körsatilgan videosi tarqaldi. Unda döpposlangan qiz zöravonlardan keçirim sörab, urmasliklarini iltimos qilganini ham eşitiş mumkin.
Holat yuzasidan Toşkent şahar Maktabgaça va maktab ta’limi boş boşqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Unga köra, voqea 25 aprel kuni taxminan soat 15:00 larda Şayxontohur tumani “Samarqand darvoza” MFY, Uçlola köçasi 4-uyning yertöla qismida sodir bölgan.
“Aniqlanişiça, şu tumandagi 82-sonli umumta’lim maktabi 7-sinf öquvçisi S.S. dugonalari Ç., S., T. va G.lar bilan birga şu maktabning 8-sinf öquvçisi K.M. ni döpposlaşgan hamda tasvirga olingan videoni özining Instagramʼidagi sahifasiga joylab tarqatgan. Jinoyat jazosiz qolmaydi”, – deyiladi xabarda.
Şuningdek, boşqarmaga köra, yuqoridagi holat yuzasidan Şayxontohur tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda. Hozirça qöşimça ma’lumotlar oçiqlanganiça yöq.
IIBBning dastlabki örganişlariga köra, qizlar bir oy avval özaro gap talaşib qolgani sabab şu holat yuzaga kelgan. Şundan söng, voyaga yetmagan, 2010 yilda tuğilgan S.S. va uning dugonalari 2009 yilda tuğilgan K.M. ni urib, uzr söraşini talab qilgan.
Qayd etilişiça, tekşiruv yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi.
Eslatib ötamiz, yaqinda Yangihayot tumanidagi 331-maktabning yuqori sinfida tahsil oluvçi bir neça qizlar özidan kiçik bölgan öquvçini kaltaklagani ask etgan video ham tarqalgandi. Keyinroq maktab rahbariyati jabrlanuvçi bir behayo suratda yuqori sinfda öquvçi qiz tasvirlanganini aytib, maktabda miş-miş tarqatgani sabab uni döpposlaşganini ma’lum qilgandi.
















