Turkiya prezidenti ma’muriyati aloqa bölimi rahbari Faxriddin Altun prezident Rajab Toyyib Erdöğanning soğliğida muammolar borligi haqidagi xabarlarni rad etdi. “Biz Prezident Erdöğanning soğliğiga oid bunday asossiz bayonotlarni qat’iyan rad etamiz”, — deb yozdi u 26 aprel, çorşanba kuni keçqurun Twitter’dagi sahifasida.

Altun Erdöğanning 27 aprel kuni bölib ötadigan "Oqquyu" atom elektr stansiyasining oçiliş marosimida onlayn formatda iştirok etişini qayd etdi.

Turkiyadagi saylovlarga uç haftadan kamroq vaqt qolganida Erdöğan bir qator saylovoldi tadbirlarini bekor qildi. "Şifokorlar maslahatiga köra, men bugun uyda dam olaman", deb yozdi u çorşanba kuni Twitter'da. Erdöğan uning örniga Turkiya vitse-prezidenti Fuat Öqtoyning Qiriqqal’a, Sivas va Yozgatda şu kunga rejalangan saylovoldi mitinglarida iştirok etişini aytdi. “Ertadan boşlab biz öz işimizni davom ettirişga umid qilamiz”, — deya qöşimça qildi Turkiya prezidenti.

Keyinroq mamlakatning hukmron "Adolat va taraqqiyot" partiyasi raisi örinbosari Erkan Kandemir Twitter’da Erdöğanning "Oqquyu" atom elektr stansiyasiga yadro yoqilğisini yetkazib beriş marosimida şaxsan qatnaşmasligini, ammo onlayn tarzda tadbirda iştirok etişini yozdi. Atom elektr stansiyasi joylaşgan Mersinda payşanba kuni ötkazilişi rejalaştirilgan saylovoldi mitingi "keyinroq sanaga qoldirildi", dedi Kandemir.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan jonli efirda Kanal 7 va Ulker telekanallari jurnalistlarining 14 may kuni bölib ötadigan prezidentlik saylovi bilan boğliq savollariga javob berarkan, özini yomon his qildi. Efir boşlanganidan bir neça daqiqa ötgaç, eşittiriş 20 daqiqaga töxtatildi.

Erdöğanga savol bergan boşlovçi birdan "reklama" deb örnidan turmoqçi böldi. Efir töxtatilişidan bir neça soniya oldin "Ey, voh!" degan ovoz eşitildi va kameralar Erdöğanni körsatmasdan reklama roligi boşlanib ketdi. 

Efir qayta tiklanganidan keyin prezident jurnalistlarga "qorni qattiq şamollagani"ni aytdi. 

Turli ma’lumotlarga köra, Erdöğanda miokard infarkti qayd etilgan.