AQSh Ukrainani 1991 yilgi chegaralarga qaytarishni talab qiluvchi rezolyutsiya tayyorladi
Shuningdek, hujjatda Kreml rasmiylari harbiy jinoyatlarda ayblanib sudlanishi kerakligi haqidagi band ham bor.

Foto: Reuters
25 aprel kuni AQSh Demokratik va Respublikachi partiyalari kongressmenlari Kongress Vakillar palatasiga rezolyutsiya loyihasini taqdim etdilar. Unda Ukrainadagi urush 1991 yilgi chegaralarga qaytishi bilan yakunlanishi kerakligi ta’kidlangan, deb yozdi Deutsche Welle.
«AQSh siyosati shundan iboratki, Ukraina urushda yengib, 1991 yilgi xalqaro tan olingan chegaralari doirasiga, ya’ni Qrim va Rossiya tomonidan anneksiya qilingan boshqa hududlarga qaytishi kerak», deyiladi hujjatda.
Shuningdek, rezolyutsiya loyihasida Ukraina NATO a’zosi bo‘lishi, Rossiya tovon puli to‘lashi, Kreml rasmiylari esa harbiy jinoyatlarda ayblanib sudlanishi kerakligi aytiladi.
Hujjat Kongressning Helsinki komissiyasi a’zolari bo‘lgan respublikachi Jo Uilson va demokrat Stiv Koen tomonidan tayyorlangan. Hujjat ovozga qo‘yilishidan oldin Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Kongressning Helsinki komissiyasi 25 aprel kuni Kapitoliy yaqinida o‘nlab ukrainalik tarafdorlar yig‘ilgani, ular rezolyutsiyaning Kongressga kiritilishini olqishlagani haqida xabar berdi. Yig‘ilganlar orasida Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yushchenko ham bor edi.
«Biz 1939 yil 1 sentabrdagi xatoni takrorlamasligimiz kerak», dedi rezolyutsiya hammuallifi Jo Uilson Adolf Hitlerning Polshaga bostirib kirganini eslab.
Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak rezolyutsiyaning kiritilishini olqishladi. Yahoo News bilan suhbatda u hujjatni «ajoyib» deb atadi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Lloyd’s of London O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi
Iqtisodiyot | 13:00
-
Tramp bojlar joriy etishi tufayli 500 mln dollar yo‘qotdi
Jahon | 12:52
-
Britaniyaning yirik investitsiyaviy holdingi O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi
Iqtisodiyot | 12:47
-
ChatGPT O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
Iqtisodiyot | 12:33
Mavzuga oid

11:58
BMT 13 mingga yaqin ukrainalik tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi

10:48
10 aprelda Istanbulda Rossiya va AQSh vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

09:30
AQSh deportatsiyaga duchor bo‘lgan noqonuniy migrantlarga kunlik jarima joriy etmoqchi

09:05