26 aprel kuni soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov Germaniya federativ respublikasining Özbekistondagi elçisi Tilo Klinner bilan muloqot ötkazdi.
SSV matbuot xizmati xabar berişiça, uçraşuvda tibbiyot sohasi böyiça köp qirrali aloqalarni kengaytiriş, özaro hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, ayni paytda Germaniyaning Frayburg, Şarite, Hannover xalqaro neyroilmiy hamda Robert Kox oliygohlari bilan onkologiya, neyroxirurgiya, kardioxirurgiya, telemeditsina yönalişlarida hamkorlik davom ettirilmoqda.
Germaniyaning KfW banki bilan Özbekistonda soğliqni saqlaş muassasalarini modernizatsiya qiliş, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlaş, muqobil energiya manbalarini işga tuşiriş va tibbiy ta’lim böyiça umumiy qiymati 175 mln yevroga teng 7 ta investitsiyaviy hamda grant loyihasi amalga oşirilmoqda.
Jumladan, «Reproduktiv salomatlik, onalik va bolalikni muhofaza qiliş» loyihasi mamlakatimizda ixtisoslaşgan pediatriya xizmatini yaxşilaşga qaratilgan.
«Sil kasalligiga qarşi kuraş» grant loyihasining 5 va 6-bosqiçi Respublika ixtisoslaşgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda hududiy silga qarşi dispanserlarni zamonaviy jihoz va asbob-uskunalar bilan ta’minlaşni közda tutadi.
Qolaversa, hududiy köp tarmoqli tibbiyot markazlarida teleradiologiyani joriy etiş, soğliqni saqlaş sohasiga raqamli texnologiyalarni tatbiq qiliş, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi şifo maskanlarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlaş, Termizda tibbiy ta’lim hamda malaka oşiriş dasturini modernizatsiya qilişga doir loyihalar ham mavjud.
Bundan taşqari, Germaniyaning Şarite va Robert Kox universitetlari klinikalari bilan hamkorlikda «Robert Kox – Ibn Sino» tibbiyot fondi taşkil etilib, uning doirasida tibbiyot mutaxassislari malakasini oşiriş, telemeditsina yordamida mahorat darslari qamrovini oşiriş, xorijiy investitsiyani jalb qiliş belgilangan.
Muloqot davomida şu yilning 26-27 may kunlari Samarqand şahrida Özbekiston — Germaniya xalqaro tibbiyot forumi ötkazilişi yuzasidan kelişuvga erişildi.
«Ta’kidlanganidek, uşbu nufuzli tadbir orqali ikki davlat örtasida soğliqni saqlaş, tibbiy ta’lim, farmatsevtika, IT, xalq tabobati kabi qator yönalişlarda hamkorlikni yanada kengaytiriş, özaro tajriba almaşiş va sohaga daxldor qöşma korxonalar yaratiş imkoniyatlarini örganiş maqsad qilingan», deyilgan SSV matbuot xizmati xabarida.

















