
Finlandiya davlat rahbariyati hozirça faşistlar svastikasini qonunçilik yöli bilan taqiqlaş haqida boş qotirmoqda, deb yozadi Yle.
Koalitsiya partiyasi deputati Ben Tsyuskoviç öz taklifini tenglikni ilgari suriş va diskriminatsiyani qöporib taşlaş çoralarini öz içiga olgan hukumat dokladiga kiritganini ta’kidladi.
Yle naşri olgan informatsiyalarga köra, masala parlamentning işçi guruhida muhokama qilingan va ayni paytda körib çiqişga tayyorlanmoqda. Hukumat fraksiyalari a’zolari örtasida hozirça bu masalada yakdillik yöq.
Svastikadan natsistlar ramzi sifatida foydalaniş Yevropaning köplab davlatlari, masalan Germaniyada taqiqlangan. Svastika, jumladan, Ikkinçi jahon uruşi davrida Holokost va boşqa ozçiliklarni qiriş bilan boğlanadi.
Svastikadan taşqari Tsyuskoviç sovetlarning «Öroq va bolğa» emblemasini ham taqiqlaşni taklif qilgan. Unga köra, uşbu element tuşirilgan SSSR bayroği ostida ham millionlab aybsiz insonlar qirib yuborilgan.
Hukumat irqçilik va jamiyatdagi diskriminatsiyani qöporib taşlaş masalasida umumiy til topiş uçun doklad ustida iş boşlagan. Finlandiya boş vaziri Petteri Orpo dokladda körsatilgan muayyan çoralarini hozirça oçiqlamayapti. Şunisi ma’lumki, parlament dokladni sentabr oyidagi yiğilişida körib çiqadi va unda ilgari surilgan takliflar böyiça ovoz beradi.
















